30 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,6 °C

Xavfsizlik
31 May  2020 2837

Kitob tumani karantinga olindi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumaniga kirish-chiqish taʼqiqlanadi. U yerda koronavirus bilan kasallanganlikda gumonlanuvchi shaxs koʻplab fuqarolar bilan muloqotda boʻlgan.

Tumanda koronavirus bilan kasallanganlik boʻyicha gumonlanish holati qayd etilgani, gumonlanuvchi koʻplab fuqarolar bilan muloqotda boʻlganligi munosabati bilan ehtiyot chorasi sifatida tuman hududi toʻliq karantinga yopildi. Gumonlanish oʻz tasdigʻini topgunga qadar karantin talablari keskin kuchaytirilib, kirish-chiqish yoʻllari toʻsildi. Avtotransport va piyodalar harakatlanishi qatʼiy nazoratga olingan, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech