19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,9 °C

Ijtimoiy hayot
9 Aprel  2019 842

Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin?

Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasiga bepul sanatoriy-kurort yo‘llanmalari taqdim etiladi:

 

- urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

- halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);

- respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

- Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

- yadro poligonlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;

- I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

- yolg‘iz keksalar;

- pensionerlar.

Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar bandlikka ko‘maklashish markazlariga topshirilishi lozim:

- ariza;

- pasport nusxasi;

yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);

- tibbiy xulosa.

Yo‘llanmalarni berish davriyligi quyidagicha.

- har yili (navbat asosida):

- urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;

- respublika ahamiyatiga molik

- shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;

- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli

- nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;

- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob'ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan

- shaxslarga;

- yolg‘iz keksalarga;

Ikki yilda bir marotaba (navbat asosida):

- urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;

- halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);

I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;

- sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda, navbat asosida, ammo 3 yilda 1 marotaba – pensionerlarga.

Yo‘llanmalar o‘n ikki kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma'lum qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech