02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,9 °C

Xavfsizlik
5 Mart  2020 2494

Kiberjinoyatchilikning payi qirqiladi

Belarusda Minsk militsiyasi rahbariyati Toshkent shahar IIBB delegatsiyasini qabul qildi.

«Shahar ma’muriyatida Minsk shahar militsiyasi rahbari Ivan Kubrakovning Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi», — deb xabar beradi «Minsk-Novosti» agentligi muhbiri. 

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining «Minsk-Novosti» agentligi ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, uchrashuv davomida tomonlar Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida so‘ngi yillarda barcha sohalar — iqtisod, madaniyat, hamda  huquqni himoya qilish sohalari bo‘yicha faol hamkorlik davom etayotganini ta’kidlaganlar. 

—  2019-yil noyabr oyida Toshkenta MDH mamlakatlari ichki ishlar

organlarining poytaxt rahbarlarining dastlabki uchrashuvi amalga oshgandi, — dedi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘raev. — Bugungi o‘zaro hamfikrlik haqidagi memorandumni imzolashimiz mazkur uchrashuvning mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qiladi, va bu bizlarga ekstremizm, terrorizm, transmilliy jinoyatchilik, narkotrafik, kiberjinoyatchilikka qarshi ortiqcha qog‘ozbozliksiz birgalikda kurashish imkonini beradi. Aminmanki, biz Minsklik hamkasblarimiz bilan birga jinoyatchilar uchun ularning qaysi yurtda bo‘lishidan qat'i nazar, jazoning muqarrarligini ta’minlaymiz.

Tomonlar shuningdek xodimlar o‘rtasida tajriba almashish, ularning malakasini oshirishga ham kelishib oldilar. R. Jo‘raev Minsk militsiyasining yuqori texnologiyalar soxasida jinoyatchilikka qarshi kurashishda yaxshi tajribasi borligini ta’kidladi. 

General-mayor Kubarkov kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik juda ahamiyatli ekanligini e’tirof etdi. Uchrashuv davomida ushbu yo‘nalishga ham katta e’tibor qaratildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech