20 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,4 °C

IT-xabarlar
14 May  2019 2230

Kiberjinoyatchilar yana bir marta hujumga o‘tdi

Bu safar ular WhatsApp servisini mo‘ljalga olishdi.

«Financial Times»da keltirilishicha, ular ilova sifatida foydalaniladigan yuzer uskunalariga josuslik dasturlarini joylashtirishgan.

Ular qo‘ng‘iroqlar orqali tushadi. Keyin moslamaga o‘tgan josuslik dasturlari avtomatik tarzda yuklanadi, xavfli qo‘ng‘iroq haqidagi barcha ma'lumotlar esa tarixdan butunlay o‘chirib tashlanadi.

Nashrning ta'kidlashicha, kiberjinoyatchilar foydalangan Pegasus deb nomlanuvchi josuslik dasturi uning yaratuvchilari tomonidan razvedka ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan. Dastur mikrofon orqali foydalanuvchilarni tinglash, o‘rnatilgan kamera orqali foto va video tasvirlar olish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, Pegasus o‘lja bilan yozishmalarga kirishganlar uskunalariga ham kirib, ular haqida axborot to‘playdi va ularning joylashuvi nuqtalarini aniqlay oladi.

Ushbu dasturni yaratgan NSO Group vakillari ham o‘z xususiy surishtiruv-tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan. Tashkilot rahbariyatining aytishicha, dastur terrorchilarga qarshi kurashish maqsadida yaratilgan va undan faqat maxsus davlat xizmati foydalanishga haqli.

WhatsApp servisi dasturdagi nosozlikni bartaraf etuvchi yangi dasturni ishlab chiqardi. Messenjer xodimlari har bir foydalanuvchiga (dunyo bo‘yicha ularning soni 1,5 milliardga yaqin) kelgusida ko‘ngilsiz oqibatlarga duchor bo‘lmaslik uchun uni yuklab olishni tavsiya qilmoqdalar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech