20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,2 °C

Bilasizmi?
25 Dekabr  2018 1373

Sayyoraningn har saksoninchi kishisi migrant

Vashington (AQSh) universiteti olimlari jahondagi migratsiya bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari natijasini elon qildi.

«PNAS» jurnalida e’lon qilingan natijalarda 1990-yildan 2015-yilga qadar odamlarning jahon bo‘ylab harakatlanishi tahlili o‘z aksini topgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, yer yuzida har besh yilda sakson kishidan bittasi yashash joyini o‘zgartirar ekan. Chorak qismi baribir tug‘ilib-o‘sgan vataniga qaytarkan.

Vashington universiteti tadqiqotchilari nafaqat vatanidan ko‘chib ketgan, balki qaytib ko‘chib kelayotganlarni ham hisobga oladigan matematik model yaratishdi. Aslida migratsiya – tadqiqotlar uchun ancha murakkab soha hisoblanadi, nafaqat ma’lumotlar topish qiyin, balki ularning hammasi ham to‘g‘ri va ishonchli emas. Shu bois mualliflar boshdanoq masalaning ana shu tomoniga, ya’ni keltirilgan raqamlarning to‘g‘ri bo‘lmasligiga, diqqatni qaratishgan. Biroq Yevropadagi migratsiya bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, model ishlaydi. Shuningdek, tadqiqotdan migratsiya masalasi o‘ylanganidan ham kattaroq miqyosga egaligi ham aniqlangan. Har besh yilda 67 dan 87 milliongacha kishi, bundan qochqinlar ham chetda qolmaydi, turar joyini o‘zgartiradi. Bu raqam ilgari taxmin qilinganidan ikki baravar ziyod. Bundan tashqari, global migratsiyaning 26-31 foizini yana o‘z vataniga qaytganlar tashkil etadi. Boshqa olimlarining aytishicha, amerikalik tadqiqotchilar olib borgan izlanishlar natijasida dunyomiz kutilganidan ham rang-barang va jo‘shqinroq ekani yuzaga qalqib chiqadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech