04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,8 °C

Sport
30 Iyun  2020 279

Qozon 2022-yilgi qishki maxsus Olimpiada oʻyinlarini qabul qiladi

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahri 2022-yilgi Qishki maxsus Olimpiada oʻyinlarini qabul qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu haqda ushbu musobaqalar rasmiy saytida eʼlon qilindi.

Tatariston poytaxtida oʻtadigan turnir 2022-yilning 22-28-yanvar kunlari oʻtkaziladi. Bu kabi xalqaro sport musobaqalari Rossiyada birinchi marta oʻtkaziladi.

Qishki maxsus Olimpiya oʻyinlarida 108 mamlakatning 2 ming sportchisi ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqalarni tashkil etishga 3 ming nafar koʻngilli jalb etiladi, 4 ming kishi faxriy mehmon sifatida taklif etiladi.

Maʼlumot uchun, Qishki maxsus Olimpiya oʻyinlari 1986-yildan beri oʻtkazib kelinadi. Ushbu musobaqalarda intellektual rivojlanishda muammosi boʻlgan sportchilar ishtirok etadi. Har ikki yilda oʻtkaziladigan bu turnirda sakkiz yoshdan kattalar qatnashish imkoniga ega.

Qishki maxsus Olimpiya oʻyinlari dasturiga sportning yetti turi – snoubord, florbol, togʻ changʻisi, changʻi poygasi, figurali uchish, short-trek va qor hovonchalarida yugurish kiradi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech