19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,5 °C

Mamlakatimizda
14 Mart  2019 2151

7 tonnalik sumalak doshqozoni Namanganga jo‘natildi

Navro‘z bayrami oldidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi ishchilari sig‘imi 7 tonnalik sumalak doshqozoni va o‘choq, 3 metrlik ikkita kapkir va ikkita cho‘mich, shuningdek, qozon-o‘choq atrofiga mo‘ljallangan metall maydonchani bir oyda tayyorlashdi.

 

13-mart kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanov 7 tonnalik ulkan qozonning pasportini Namangan shahar hokimi o‘rinbosari Ayubxon Bobomirzayevga tantanali ravishda topshirdi va kombinat tasarrufidagi yirik avtoulov treylerga ortilgan ulkan doshqozon karnay-surnay sadolari bilan Namanganga kuzatildi, deb xabar tarqatdi “Olmaliq KMK” AJ matbuot xizmati.

Ma'lumot o‘rnida, poytaxtda 8 tonnalik qozonda damlangan osh Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilganidan va bu osh kombinatda tayyorlangan qozonda pishirilganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari, kombinat tomonidan yana ikkita bir tonnalik va bitta besh tonnalik qozon ham tayyorlangan. Namanganliklar uchun tayyorlangan bu 7 tonnalik qozon esa kombinatning beshinchi ulkan qozonidir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech