04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,8 °C

Dolzarb
30 Iyun  2020 239

Qozogʻiston yana karantin tartibini kuchaytirdi

Qozogʻiston koronavirus tufayli qaytadan qatʼiy karantin tartibini oʻrnatdi.

Qozogʻiston Prezidenti SOVID-19 ning aholi orasida keng tarqalayotgani sababli hukumatga 2020-yilning mart-may oylarida belgilangan kuchaytirilgan karantin chora-tadbirlarini qayta tiklash boʻyicha taklifni ikki kun ichida ishlab chiqishni topshirdi.

“Kazinform” xalqaro axborot agentligining xabar berishicha, Qozogʻistonda favqulodda holat bekor qilingandan soʻng, koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat yana-da murakkablashdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Qozogʻiston rahbari koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat muhokamasiga bagʻishlangan maxsus yigʻilishda “Joriy yilning 11-mayida, cheklovlar olib tashlanganidan beri aholi orasida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari yetti baravarga ortgan”ini qayd etdi.

Yigʻilishda, shuningdek, respublikaning qator mansabdor shaxslari va viloyat rahbarlariga ogohlantirish hamda hayfsan berildi.

Uchrashuvda yangi tayinlangan sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Soy epidemiyani barqarorlashtirish va infeksiyalar zanjirini uzish uchun ikkidan toʻrt haftagacha muddatga karantin eʼlon qilishni taklif qildi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistonda 21 ming 819 holatda koronavirus infeksiya qayd etilgan. Xususan, 29-iyun kuni 492 nafar insonda kasallik aniqlangan. Kasallik aniqlangandan buyon 13 mingdan ortiq odam darddan forigʻ boʻldi. Vafot etganlar esa 188 kishiga yetdi.

Mamlakatda koronavirusga chalinganlar orasida kasallikning alomatsiz kechishi holatlari alohida hisobda yuritilmoqda. Jumladan, 30-iyunga qadar virusni ana shunday tarzda tashuvchilar soni Qozogʻistonda 17 ming 642 tani tashkil etadi. Soʻngi bir kunda ana shunday turdagi kasallikka chalinish bilan bogʻliq 1 ming 3 holat qayd etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech