21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Dolzarb
15 Fevral  2019 1938

Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlariga yo‘ldoshli aloqa xizmatini taqdim etmoqchi

Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa va aerokosmik sanoati vitse-vaziri Marat Nurgujin Markaziy Osiyo davlatlari uchun ana shunday imkoniyat yaratilishi ehtimoli borligini bildirdi. U bu haqda 2018-yil yakunlari va joriy yilgi rejalarga bag‘ishlangan kollegiya yig‘ilishida aytib o‘tdi va «KazSat-2R» loyihasi maqsadlari haqida gapirdi.

Maqsaddan Markaziy Osiyo hududlariga yo‘ldoshli aloqa xizmatlarini eksport qilish ham o‘rin olgan, deyiladi «Kazinform» tarqatgan xabarda. Ayni damda xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan telekommunikatsiya yo‘ldoshlari doirasida kelishuvlar olib borilayotgani ta’kidlandi. «KazSat-2R» loyihasi bosh pudratchisi esa tanlov asosida tayinlanadi. Hozircha loyiha ustida ishlar olib borilmoqda va u moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan o‘tmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech