19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36 °C

Bilasizmi?
4 Fevral  2019 1360

Kashandalarning organizmida onkologik kasalliklar tez rivojlanadi

 Kashandalar ko‘p yillik chekish “tajriba”siga ega bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’iy nazar ularning organizmida rak kasalligi rivojlanishi mumkin. AQShning Uella Kornella tibbiyot kolleji olimlari bu borada ko‘plab tadqiqot o‘tkazgan va shunday xulosaga kelga.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kashandalar o‘pkasida molekulyar darajada onkologik kasalliklarning rivojlanishi uchun “qulay yashash sharoiti” yaratiladi. Ba’zida tibbiyot xodimlari bu xastalikning ilk belgilarini aniqlamay turib, kutilmaganda saraton rivojlanishi mumkin ekan. Izlanishlar natijasiga qaraganda, kashandalarning yuqori nafas yo‘llari yuzasida joylashgan hujayralarda o‘pka rakida uchraydigan hujayralarning genlari ishga tushadi. Ana shuning o‘zi chekishning inson organizmi uchun naqadar zararli ekanini tasdiqlaydi. Ammo  bu bilan kashandalarning hammasi shu xastalikka chalinadi deb bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da, mazkur tadqiqot natijalari barcha kashandalar o‘pka va nafas yo‘llari raki rivojlanishiga moyil bo‘lgan guruhga kirishini tasdiqlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech