24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,1 °C

Xavfsizlik
29 Aprel  2019 469

Kasbi sabab davlat va jamiyatga zarar yetkazgan mutaxassis

Inson bir kasbni tanlar ekan, shu orqali pul topsam, oilamni boqsam, jamiyatga foyda keltirsam deb o‘ylaydi. Ammo besh qo‘l baravar bo‘lmaganidek, hamma ham o‘z kasbi orqali halol pul topish va qadr-qimmatga ega bo‘lishga yeta olmaydi.

A.S. “Kontinent Imkon Baho” MChJ baholovchisi bo‘lib ishlagan. Farg‘ona viloyat “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik jamiyatining “Istiqbol” mineral o‘g‘it ombori binosini majburiy sotish uchun hamda tugatish qiymatini baholashda 2017-yil 29-martdagi 184-sonli baholash hisobotini tuzgan. Eng yomoni mulkni baholash milliy standartlarining 5, 18-bandlarining talablariga rioya qilmagan. Bino-inshootlarning haqiqiy holatini ko‘zdan kechirmay, binolar kapital ta’mirlash holatida ya’ni, ularning eskirish darajasi 23-40 foizni tashkil etganini hisobga olmagan. 

Mazkur inshootlarning narxini sun’iy ravishda pasaytirgan. Ombor fuqarolik binosi tarkibiga kirmasada, zilzilabardoshlilik bo‘yicha 1.15 koeffitsienti qo‘llab, binolarni baholashda ularning unsurlarini, san-texnika jihozlarining yo‘qligi va binolar hajmlari uchun tuzatishlarni, ombor hovuzini baholashda uni betondan bo‘lgan devori va polini hisobga kiritmagan. Shuningdek, to‘siq devorni baholashda uning poydevori va tashqi pardozlarini qo‘shib hisoblamagan,  20 foiz qo‘shimcha qiymat solig‘ini inobatga olmasdan bino-inshootlarni 121 818 547 so‘mga baholagan.

Xo‘sh, muammo nimada deysizmi?

Aslida haqiqiy bozor bahosi 437 433 376 so‘m bo‘lgan yuqoridagi bino-inshootlarni ochiq auksion savdosida 140 127 500 so‘mga sotilishiga, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga atay olib kelingan.

Keltirilgan summalar ozgina emasligi ko‘rinib turibdi. Shu bois o‘z kasbiy faoliyati davomida davlatga ziyon keltirib, xizmat vakolatini su'istemol qilgan baholovchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

A.S. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 19211-moddasi 2-qismi “a” bandi va 228-modda 1-qismi bilan aybli deb topilib, tegishli jazosini oldi.

Bu kabi jinoyat yuzasidan berilayotgan jazoning keng ommaga yetkazishdan maqsad, kelgusida ayni yo‘nalishdagi sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishga erishishdir. Zero, har bir xatti-harakatimiz davlat va jamiyat taraqqiyotiga ko‘maklashishi yoxud tanazzuliga sabab bo‘lishi mumkin.

 Bekzod Haydarov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Yozyovon tuman sudi raisi

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech