29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Ijtimoiy hayot
3 May  2020 557

Karvon yo‘lga chiqdi

Kuni kecha Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omboridagi toshqindan jabrlanganlar uchun Andijonliklar insonparvarlik yordami yuborgan.

Favqulodda hodisa yuz berib Sardoba suv omboridan suv sizib chiqishi natijasida qiyinchilikka duch kelgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon viloyati hokimligi tomonidan Sirdaryo viloyatiga 5 tonna un, 500 kg yog‘, 600 kg go‘sht, 3 tonna kartoshka, 2 tonna guruch va 2 tonna makaron bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlar to‘plami hamda 35 mingta tibbiy niqob, 10 ming dona bir martalik idishlar, 145 mingdan ziyod kiyim-kechak mahsulotlari yuborildi.

Bugun esa navbatdagi ko‘mak karvoni Sirdaryoga yo‘l oldi.

Karvonda Sirdaryolik hamyurtlarimiz uchun Andijon viloyati hokimligining jami 4 milliard so‘mni tashkil etadigan navbatdagi insonparvarlik ko‘magi yuborildi. 17 ta yuk mashinasiga ortilgan ko‘mak karvonida oziq-ovqat va nooziq-ovqat maxsulotlari, kiyim kechaklar, sanitar-gigienik hamda tibbiy vositalar, birlamchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan anjomlar mavjud, deb xabar beradi Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech