25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,2 °C

Dolzarb
20 Mart  2019 2618

Matematika bo‘yicha Abel mukofotini birinchi marta ayol kishi oldi

Norvegiya fanlar akademiyasi Karen Ulenbekni matematika bo‘yicha eng nufuzli mukofot g‘olibi deb e'lon qildi.

 

Ostindagi Texas universiteti professori bunga «fazoni kalibrovkalash nazariyasi va integrallashgan tizimlardagi geometrik differensial tenglamalardan ayrim hosilalarni olish» va ilmiy ishlarining matematik tahlil, geometriya va matematik-fizikaga fundamental ta’siri uchun sazovor bo‘ldi.

Mukofot egasini aniqlash qo‘mitasi raisi Xans Munte-Kaasning aytishicha, xuddi sovun ko‘piklari singari uning «minimal sathlar» borasidagi izlanishlari matematik manzarani o‘zgartirib yubordi.

«Uning nazariyalari bizning minimal sathlar borasidagi tushunchalarimizda inqilob yasadi. «Minimal sathlarga» sovun ko‘piklarini misol keltirish mumkin. Ular matematik nuqtai nazardan sovun ko‘pigini sathda ideal ko‘rinishda cho‘zib-tortadiganlar uchun qiziqarli», dedi u.

Abel mukofoti - norvegiyalik taniqli matematik Nils Xenrik Abel sharafiga qo‘yilgan va  unga matematiklar uchun Nobel mukofotining muqobili sifatida 2002-yilda Norvegiya hukumati tomonidan asos solingan.

«Karen Ulenbekning izlanishlari matematika va fizika tutashgan joyda tom ma'noda inqilob yasadi, - deydi Texas universiteti Tabiiy fanlar kolleji dekani Pol Goldbart. – Uning tadqiqotlarda olgan natijalari juda ko‘plab mavzularga, jumladan, voqyelik mohiyatini tushuntiruvchi tabiat nazariyasidan makon va zamon geometriyasigacha mos keladi».

Matematikadan tashqari, Karen Ulenbek ijtimoiy faoliyat bilan ham mashg‘ul – u izlanishlarning barcha bosqichlarida, bakalavriatdan doktorlik ishlariga qadar, tadqiqotchi ayollar uchun grantlar ajratadigan «Ayol va matematika» dasturi asoschilaridan biri hisoblanadi.

Mukofotni topshirish marosimi 21-mart kuni Osloda bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech