05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Ijtimoiy hayot
28 Aprel  2020 2352

Navoiyliklar himmati

Navoiydan yo‘lga chiqqan «Saxovat karvoni» Namanganga yetib keldi.

Foto: Navoi.uz

Bugun Navoiy viloyati hokimligi tashabbusi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi ko‘magi bilan 200 milllion so‘mdan ortiq 5 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va 7 turdagi antiseptik va gigienik vositalar Namangan viloyatiga yetib keldi.

10 tonna un, 5 tonna gurunch, 5 tonna shakar, 5 tonna kartoshka, 5 tonna yog‘, 20 quti antiseptik vositalar yuklangan Saxovat karvonlari Namangan shahridagi omborxonalardan biriga keltirildi. Endi ushbu xayriyalar  namanganlik yurtdoshlarimizga tarqatiladi, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech