03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,4 °C

Xavfsizlik
25 Mart  2020 295

Karantindan qochgan fuqaro Denovda qo‘lga olingandi...

Denov tumanidagi yashash manzilida qo‘lga olinga fuqaro haqida avval xabar berilgan edi.

Joriy yil 16-martda ushbu fuqaro Janubiy Koreya davlatidan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga kelib, so‘ngra u yerdan «Shermetova-Samarqand» yo‘nalishida samolyotda O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgach, yangi turdagi COVID-19 koronavirus kasalligi bo‘yicha Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 14 kunga karantinga olingan.

Ammo, karantinning beshinchi kunida, yashirin ravishda shifoxonadan qochib ketgan va Denov tumanidagi yashash manzilida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu fuqaro Denov tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasida karantinga olingan. Denov tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ismoil Yusupovning ma'lum qilishicha, fuqaro shifokorlar nazoratida bo‘lib, unda COVID-19 koronavirus kasalligi qayd etilmadi, deb xabar beradi Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech