07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Ijtimoiy hayot
19 Mart  2020 436

Karantindagilarning kayfiyati yaxshi

Kecha, 18-mart kuni ertalab Bo‘stonliq tumanidagi «Sokol» sport-sog‘lomlashtirish markaziga Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytgan 528 nafar fuqaro to‘liq tekshiruvdan so‘ng karantinga olindi.

Ayni paytda barcha fuqarolardan koronavirus infeksiyasini tekshirish uchun surtmalar olingan, lekin ularning orasida kasallikka gumon qilinganlar hozircha yo‘q. Shu bilan birga, bu yerdagilarga kardiolog va xotin-qizlar uchun akusher-ginekolog ko‘rigi ham tashkil etildi. Ular uchun yuqori malakali infeksionist, epidemiolog hamda dezinfektorlar safarbar etilgan.

Viloyat hokimi Rustam Xolmatov kecha ertalab mazkur hududga bordi va 14 kunlik tibbiy nazoratga olingan fuqarolarga barcha zarur sharoitlar yaratilishiga shaxsan bosh-qosh bo‘ldi. Ayni paytda Bo‘stonliq tumani hokimi G‘ayrat Madaminov va viloyat IIBB boshlig‘i Tohir Aripov doimiy ravishda hududda bo‘lib turishibdi.

Ta’kidlash kerakki, karantinga olinganlar zarur tibbiy-gigienik vositalar, uch mahal issiq ovqat va boshqa ehtiyoj mollari bilan bepul ta'minlanyapti. Bugun karantinga olinganlarga yangi choyshab va sochiqlar tarqatildi. Shuningdek, ularga tish yuvish uchun bir martalik shyotkalar va pastalar ham berildi. Bundan tashqari, karantinga olinganlarga bir martalik oyoq kiyimlar ham tarqatildi. Ularga yuqori malakali vrach va hamshiralar, ko‘ngillilar xizmat ko‘rsatishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda viloyatning «Chotqol», «Bo‘ston», «Energetiklar» sihatgohida ham chet davlatlardan yurtimizga qaytgan fuqarolar belgilangan tartibda karantinda bo‘lib turishibdi.

Shuni qayd etish lozimki, bugungi kunda karantinga olinganlarda umuman muammo yo‘q. Televizorlarda o‘zlariga ma'qul bo‘lgan ko‘rsatuvlarni tamosha qilishyapti. Shuningdek, karantinga olinganlarning mobil aloqa xizmatidan to‘la foydalanishi uchun qo‘shimcha ravishda antennalar ham qo‘yildi. Hozir ularning kayfiyati yaxshi. Ko‘pchiligi sport maydonlarida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishmoqda, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech