06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,2 °C

Xavfsizlik
7 Aprel  2020 571

Karantin tartib-qoidasi hamma uchun

Sirdaryo tumanida karantin qoidalarini buzgan shaxsga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

3-aprel soat taxminan 00:50 larda Sirdaryo tumani, «Sindarobod» mahallasi hududida joylashgan blok postda karantin e’lon qilinganiga qaramasdan fuqaro o‘ziga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinada niqobsiz kelib, jamoat joyida baqir-chaqir qilib, xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimlarini har xil kurakda turmaydigan uyatli so‘zlar bilan so‘ka boshlagan. Ya’ni mayda bezorilik sodir etib, IIB xodimlarining uni tinchlantirish borasidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

Ushbu fuqaro o‘zining yuqoridagi harakati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi, 183-moddasi, 194-moddasining 1-qismi va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Ma’muriy ishlar bo‘yicha Sirdaryo tuman sudiga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Sirdaryo tumani sudining 3-apreldagi qaroriga asosan, ushbu fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, qamoqda o‘tirgan kunlari uchun undan 501 750 so‘m qamoq harajatlari undirilishi belgilangan, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech