05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Moliya
16 Mart  2020 392

Karantin davrida ishdan chetlatilgan xodimga nafaqa to‘lanadimi?

Qonunchilikka ko‘ra, agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya  organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo‘lsa davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa beriladi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda to‘lanadi.

Bunday nafaqaning eng kam miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori (679 ming 330 so‘m)ning 35,2 foizidan, ya’ni 239 ming 124 so‘mdan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech