03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Transport
30 Iyun  2020 193

Karantin choralari kuchaytirildi

Buxoro viloyatida jamoat transporti – avtobuslar harakati nomaʼlum muddatga toʻxtatildi.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyatida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha viloyat komissiyasining 29-iyundagi yigʻilishida qaroriga asosan 30-iyundan nomaʼlum muddatga qadar viloyatda jamoat transportlari (avtobus) harakati toʻliq toʻxtatilishi belgilandi. Bunga sabab soʻnggi paytlarda aholi oʻrtasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish koʻpayganligi koʻrsatilgan.

Shu bilan birga yoʻnalishsiz taksilarning karantin talablariga rioya etgan holda harakatlanishi qatʼiy nazorat ostiga olinadi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech