04 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Sport
17 Aprel  2020 1624

Karantin bellashuvga g‘ov emas

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi birinchi bo‘lib onlayn musobaqa o‘tkazdi.

Karantin kunlarida birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston velosiped federatsiyasi sportchilar orasida onlayn musobaqa o‘tkazdi. Dastlabki bellashuv ilk bor tashkil qilingani uchun ishtirokchilardan ko‘p narsa talab etilmadi va reglament ham shunga mos sodda, tushunarli qilib ishlandi. Qoida oddiy: 30 soniya ichida kim ko‘p yerga tayangan holda yotib-turish («otjimanie» qilish).

Musobaqada ishtirok etish uchun 109 nafar sportchimiz o‘z chiqishini hakamlar hay'atiga taqdim qildi.

 Ishtirokchilar orasida 21 nafar qizlarimizning borligi yanada ahamiyatli ko‘rsatkichdir.

Demak, umumiy jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan ushbu kichik bahsning g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Yigitlar:
1. Nikita Palchik (RIOZMI)
2. Arslan Gafarov (ChIOZMI)
3. Suhrob Qurbonov (UIOZMI)

Qizlar:
1. Nafosat Koziva (O‘zDJTSU)
2. Renata Baymetova (O‘zDJTSU)
3. Anna Kulikova (FIOZMI)

Bellashuv g‘olib va sovrindorlari karantin yakunlanganidan so‘ng federatsiyaning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishadi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

 Bunday musobaqa, shubhasiz, sportchilarimizning karantin vaqtida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o‘zaro sog‘lom raqobat uyg‘otish borasida katta ahamiyat kasb etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech