26 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,2 °C

Salomatlik
19 Iyun  2020 1475

Jiddiy klinik sinovi zarur

“Hozirgi vaqtda biron bir dori vositasining COVID-19da oʻlim holatini kamaytirishi haqida aniq asosli maʼlumot yoʻq”. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi vebinarda kanadalik mutaxassislar shunday fikr bildirdilar.

2020-yil 18-iyunda onlayn shaklida oʻtkazilgan muhokama Milliy palataning “Royal College of Physicians and Surgeons of Canada” bilan birga oʻtkazib kelayotgan qator tadbirlaridan biridir. Bu safar obroʻli spiker sifatida Dalxauza universiteti professori doktor Linn Djonston xonim, hamda qirolicha Yelizaveta II ning Galifaksadagi (Yangi Shotlandiya, Kanada) Tibbiy fanlar markazida amaliyot oʻtayotgan shifokor ishtirok etdi.

Vebinar ishtirokchilarida — ular esa 60 nafar atrofidagi mutaxassislar — spikerning COVID-19ni davolashda qoʻllanilayotgan dori vositalari haqidagi fikri katta qiziqish uygʻotdi.

Bugungi kunda ular asosan virusga qarshi dori vositalaridan, shuningdek qoʻllanilganda immun tizimiga maʼlum darajada taʼsir etuvchi vositalardan tashkil topgan. Xususan, virus bilan aloqaga kirishgach, uning tarqalishiga yoʻl qoʻymaydigan immunoglobulinlardan tashkil topgan. Lekin ularning harakat mexanizmi hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan jiddiy klinik sinovlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Linn Djonston xonimning fikricha, hozirgi vaqtda biron bir dori vositasining COVID-19da oʻlim holatini kamaytirishini isbotlaydigan maʼlumot yoʻq. Shu bilan birga u kishi oʻpkani sunʼiy nafas oldirish apparatida yotgan bemorlarda qoʻllanilayotgan deksametazonning samarasi haqida yaqinda Oksford universitetida oʻtkazilgan tadqiqotni qiziq deb hisoblaydi. Toʻgʻri, bu hozircha faqat axborot darajasida tarqalgan, xolos.

Tadqiqotchilar deksametazonni bunday holatda oʻpkani sunʼiy nafas oldirish apparatida yotgan ogʻir kasallarning yashab ketish ehtimolini uchdan bir baravariga, qoʻshimcha kislorod zarur boʻlgan kasallarning yashab ketish ehtimolini esa yigirma foizga oshiradi deb hisoblaydilar. Deksametazon — bu shamollashga qarshi va immunodepressiv taʼsir koʻrsatadigan sintetik glyukokortikosteroiddir.

Linn Djonston har qanday xulosalar jiddiy klinik sinovlar davomida tasdiqlanishi zarur ekanligiga eʼtibor qaratdi. Va bunda ayniqsa, COVID-

19 yuqtirganlarning qaysi toifasi uchun ushbu glyukokortikosteroidni qoʻllash samarali ekanligi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot qiziqdir.

Shuningdek, Linn Djonston xonimning fikricha, COVID-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bilan olib borilayotgan kurash tajribasi shuni koʻrsatganki, maxsus tibbiy respiratorlarni qoʻllash faqat infeksiyani havo-tomchi yoʻli bilan yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan katta xavf ostida ishlaydigan tibbiyot mutaxassislari uchun, masalan, stomatologlar uchun zarur deb gapirish imkonini berar ekan.

Boshqa holatlarda hamma uchun odatiy boʻlib qolgan tibbiy niqoblar va koʻzoynaklar hatto COVID-19 ni yuqtirgan bemorlar bilan ishlaydigan shifokorlarni infeksiya yuqtirib olishdan yetarli himoya qila olar ekan. Infeksiya yuqtirib olishdan himoyalanish uchun yana bemorning tegishli alomatlarini aniqlay olish ham muhim omil hisoblanar ekan. Spikerning taʼkidlashicha, COVID-19 bilan umumiy kasallanganlarning 20-30 foizidan kamida alomatlar sezilmaydi. Bu, xususan, Xitoy tajribasida, u yerdan olingan axborotda koʻringan.

“Niqob rejimi”iga rioya qilish boʻyicha mamlakatlar strategiyalari farq qiladi. Turli mamlakatlar JSSTning ushbu yoʻnalishdagi tavsiyalariga aniq rioya qilish boʻyicha har xil yoʻl tutadilar. Lekin niqob taqish va koʻzni himoya qilish foydasiga shu fakt guvohlik beradiki, COVID-19 kasalligi koʻproq havo-tomchi yoʻli bilan, yaʼni yoʻtalgan yoki aksa urganda aerozollar zarrachalarining tarqalishi orqali yuqtirilar ekan.

Bunda mayda zarrachalar — 5 mkm (mikron yoki mikrometr)dan ozrogʻi yetarlicha masofalarga — 6-8 metrgacha tarqalishi va bir qancha vaqt havoda saqlanib qolishi mumkin ekan. Shunday ekan, niqob va koʻzoynaklar insonni hatto yonida kasallangan odam boʻlmagan holda ham himoya qilar ekan. Masalan, hozirgina kasallangan odam chiqib ketgan liftda.

Spiker “Pandemiya vaqtida toʻplangan tajriba COVID-19 koʻproq mayda aerozollar orqali yuqtiriladi degan xulosaga olib keladi va buning oldini olish zarur”, — deb taʼkidladi.

Vebinar davomida spiker shuningdek, koʻplab savollarga ham javob berdi. Xususan, mutaxassislarni nima uchun JSST COVID-19 bilan kasallanganlarni davolash uchun glyukokortikosteroidlarni qoʻllashni tavsiya etmadi degan savollar qiziqtirdi. L. Djonston bu savolga shunday javob berdi: sabab shuki, JSSTning bu tavsiyasini qabul qili vaqtida bu boradagi tadqiqotlar natijalari bir biriga qarama-qarshi edi.

Shuningdek, COVID-19 bilan kasallanganlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalarining salbiy taʼsiri ham bormi? — degan savolga kanadalik mutaxassis “maʼlum bir nojoʻya samaralari ham bor va aynan shuning uchun ham klinik sinovlar hali zarur”,— deb javob berdi, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech