02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Bilasizmi?
11 Dekabr  2019 1099

Kanadada to‘liq elektr energiyasida ishlaydigan samolyot parvoz qildi

Butunlay elektr energiyasi bilan ishlaydigan, dunyodagi birinchi tijorat samolyoti Kanadadagi Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasiga parvozni amalga oshirdi, deya xabar beradi «Harbour Air Seaplanes» kompaniyasi.

Ushbu parvoz Shimoliy Amerikadagi eng yirik gidrosamolyotlarni ishlab chiqaruvchi «Harbour Air», shuningdek, «elektr aviatsiyasida inqilob qilayotgan» magniX kompaniyalarining birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli amalga oshirildi.

«Kompaniyalar bugungi kunda dunyodagi birinchi tijoriy samolyotning muvaffaqiyatli parvozini e'lon qildi va u butunlay elektr energiyasida ishlaydi. Natijada Richmondda de Havilland Canada DHC-2 Beaver markali olti o‘rinli ePlane ning muvaffaqiyatli parvozi amalga oshirild, bu tarixiy parvoz aviatsiyada uchinchi – elektr davrining boshlanishini belgilaydi», deyiladi xabarda.

Xabarda samolyotni «Harbour Air» kompaniyasi bosh direktori va asoschisi Greg Makdugall boshqargani keltiriladi. Uning aytishicha, ushbu parvoz «tarixga kiradi».

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech