14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,4 °C

Bo‘sh vaqtda
24 Dekabr  2018 3015

Yana ezgulik va yovuzlik to‘qnash keladi

Respublika qo‘g‘irchoq teatri «Yangi yil kaleydoskopi» spektakl-shousiga barchani taklif etadi. Bayram dasturining bevosita ishtirokchilari tomoshalar nafaqat bolalar uchun, balki ularning ota-onalari uchun ham g‘oyat qiziqarli bo‘lishini aytishmoqda.

Tomosha boshlanishidan oldin barcha ishtirokchilar xollga yig‘iladi. Bolajonlarning oldiga Qorqiz va uning yordamchilari Chip va Deyllar chiqib kelishadi. Ular xuddi multfilmdagi kabi hamisha yordamga oshiqadi. Chunki, syujet bo‘yicha bu yil Yangi yil bayrami o‘tmay qolishi xavfi paydo bo‘lgan. Tomoshada yaxshi personajlarga Yangi yilni kutib olish va archa chiroqlarini yoqishga xalaqit berish uchun «Apshu» va uning tarafdorlari rosa harakat qiladilar. Qahramonlar esa tomoshaga kelgan qizaloq va bolakaylar bilan birga turli o‘yinlarda ishtirok etadilar va oxir-oqibat g‘alaba qozonadilar va ularning qo‘liga kaleydoskop tushadi.  Keyin esa u spektaklda paydo bo‘ladi, tashkilotchilar undan foydalanshning zo‘r texnik usulini topishgan. Yorug‘lik effektlari yordamida multfilmlardan parchalarni ham namoyish etiladi.

Rejissyor Hotam Ashurov bu ishida do‘stlik, mehribonlik va atrofdagilarga hurmat mavzusiga murojaaat qilgan. Shu bois spektakl juda qiziqarli va yorqin chiqqan. Sahnadagi qahramonlar kattalarning ko‘pchiligiga yaxshi tanish, ammo bolajonlarning aksariyati ularni bilmas ekan. «Senimi, shoshmay tur!»dan Bo‘ri, Timsoh Gena va Cheburashka, va albatta, Buratino va uning dushmanlari Mushuk Bazilio va Tulki Alisalar sahnaga saundtreklar ohangi ostida birin-ketin chiqib kelishadi. Bolalikdagi qo‘shiqlar hech kimni loqayd qoldirmaydi. Tomoshaga tashrif buyurgan ota-onalar zalda o‘tirib ushbu qo‘shiqlarni jo‘r bo‘lib kuylashgani buning isbotidir.

Syujet bo‘yicha Buratino archa o‘sib chiqishi uchun tangalarni yerga ko‘mib qo‘yishi kerak edi. Ammo bu oson emas, yo‘lida qanchadan-qancha to‘siqlar bor. Zalda o‘tirib tomosha qilayotgan jajjilarning yordamisiz ularni yengib bo‘lmaydi. Bu safar ham spektaklda yovuzlik va ezgulik o‘zaro to‘qnashadi. Hatto, oxirida kim g‘olib bo‘lishini bilishsa ham sodir bo‘layotgan harakatlarning o‘zi juda qiziqarli. Aktyorlardan tashqari sahnaga yog‘och, yapaloq va mexanik qo‘g‘irchoqlar ham chiqadi.

- «Yangi yil kaleydoskopi»ning mohiyati umumiy – mo‘jizaga ishonish, - deydi hamkasbining ishi haqida gapira turib, rejissyor, dramaturg Dinora Yo‘ldosheva. – Bu, o‘ylaymizki, ko‘pchilikka manzur bo‘ladigan quvnoq musiqiy spektakl. U ikki – o‘zbek va rus tillarida qo‘yiladi.

Shuningdek, uning aytishicha, maktab ta’tillari paytida poytaxt istirohat bog‘laridan birida «Yangi yil sarguzashtlari», deb nomlangan ko‘chma spektakllar ham tashkil etiladi. Unda bosh sehrgarni uzoq kutishadi, undan esa darak yo‘q. Shunda aktyorlar uni shoshiltirish uchun soat millariga aylanishadi. Bu ham yordam bermagach, tomoshaga yig‘ilganlardan yordam so‘rashadi. Harakatda barcha «Men» xudbinlik vitaminiga qarshi kurashadi. Tomoshalarda bevosita ishtirok etadigan bolajonlar esa uni «Biz» vitaminiga aylantiradi. Bunday interfaol harakatlar natijasida bolajonlarda jamoa bo‘lib ishlash, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari va ijodiy iste’dod hosil bo‘ladi.

Tashkilotchilarning aytishicha, bunda eng muhimi, bolajonlarning ertakka ishonishidir. Bolalik zumda o‘tib ketadi, sehrli lahzalar va iliq taassurotlar bir umr qalbimizda qoladi. Bayramni 80 yildan beri ertak-sayohatga chipta tuhfa etadigan teatrdan boshlab ko‘rishga nima deysiz?

Yulianna Moroz.

Muzaffar Abdullaev surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech