09 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,8 °C

Transport
7 Iyun  2020 2793

Ertaga shahar avtobuslari qatnay boshlaydi

Oʻzbekiston Respublikasiga “Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha” Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, joriy yilning 8-iyundan boshlab “sariq” va “yashil” toifasiga kiruvchi hududlarda, shu jumladan Toshkent shahrida avtobus yoʻnalishlari faoliyatini qayta tiklash belgilandi.

Bugungi kunda, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi jami 16 ta avtokorxonalarga (shundan 8 ta avtobus saroylari va 8 ta xususiy tashuvchilar) jami 152 ta avtobus yoʻnalishlari (shundan 135 tasi avtobus saroylariga va 17 tasi xususiy korxonalarga) biriktirilgan boʻlib, ushbu yoʻnalishlarga reja boʻyicha jami 1 230 ta avtobuslar (shundan 1121 ta avtobus saroylari boʻyicha va 109 ta xususiy korxonalar boʻyicha) ishga chiqarilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Maxsus komissiya bayoni qarori talablaridan kelib chiqqan holda, 2020-yil 8-iyundan boshlab, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi avtokorxonalar tomonidan 131 ta yoʻnalishlarga 1067 ta turli rusumdagi (Mersedes Bens, MAN, SAZ va Isuzu) avtobuslar ishga chiqariladi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent, Zangiota tumanlari “qizil” hudud deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan, avtokorxonalarga biriktirilgan – Toshkent viloyatining yuqorida keltirilgan tumanlari hududigacha harakatlanuvchi 21 ta (8t, 9, 16, 25, 42, 56, 65, 74, 84, 101, 103, 115, 120, 134, 135, 144, 145, 148, 188, 198, 199-sonli) avtobus yoʻnalishlari vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.

Yoʻlovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida 3 ta (75, 106, 160-sonli) avtobus yoʻnalishlarining faoliyati faqatgina Toshkent shahri hududida Toshkent viloyati hududiga harakatlanmagan holda tashkil etiladi.

Faoliyati qayta tiklanadigan yoʻnalishlarning harakati Maxsus komissiya bayoni qaroriga koʻra soat 6:00 dan 22:00 gacha tashkil qilinadi.

Barcha avtobus saroylari rahbarlari tomonidan yoʻnalishlarning soʻnggi bekatlarida ikki smenalik navbatchilik tashkil qilinadi.

Yoʻnalishlarning soʻnggi bekatlarida avtobuslarni doimiy ravishda har bir qatnovga joʻnashdan oldin toʻliq dezinfeksiya qilinadi.

Haydovchilar tibbiy niqob va qoʻlqoplar bilan taʼminlanadi ularni muntazam ravishda oʻz vaqtida almashtirib boriladi.

Avtobuslar saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yoʻlovchilarni kiritiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech