19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Moliya
21 Yanvar  2019 1783

Oylik ish haqi qanday bo‘ldi: yuqori, o‘rtacha yoki past?

2018-yilda O‘zbekistonda qayd etilgan o‘rtacha nominal ish haqi miqdori 1822,2 ming so‘mni tashkil etdi. Agar 2017-yilga solishtirilsa, ko‘rsatkich 25 foizga oshgan.

 

Shunday qilib, iqtisodiy faoliyat turiga qarab nominal ish haqi miqdori eng ko‘p o‘sgan sohalar axborot va aloqa – 33,8, sanoat – 30,6, bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik foliyati – 29,9, qurilish – 29,2 foiz bo‘ldi, deya xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Eng baland o‘rtacha oylik ish haqi Toshkentda kuzatildi – 2570,4 ming so‘m yoki 141,1 foiz, eng kami Samarqand viloyatida – 1431,3 ming so‘m yoki 78,5 foiz.

Sohalar bo‘yicha faoliyatda bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik foliyatida ko‘rsatkich – 3500,5 ming so‘mga teng bo‘ldi. Eng past ko‘rsatkich esa ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida qayd etilgan. Yil yakuniga ko‘ra o‘qituvchilar va tarbiyachilarning o‘rtacha oylik ish haqi 1 369 400 so‘mni, tibbiyot hamda ijtimoiy soha xodimlariniki 1 173 100 so‘mni tashkil etdi.

O‘z axborotimiz.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech