25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,7 °C

Yashil sayyora
25 Yanvar  2019 5079

Dengiz 50 yilda qurishi mumkinmi?

Aynan, mana shu nom ostida «National Geographic»ning tadqiqiy maqolasi nashr etildi.

Mazkur maqola rossiyalik va amerikalik olimlarning Orol tarixi bilan bog‘liq yangi geologik izlanishlarini o‘z ichiga olgan. Ular tomonidan bir nechta quduq burg‘ulangan. Tadqiqotlar 2009-yilda sobiq Borsa-Kelmas orolidan janub tomondagi hududda olib borilgan. Bunda mass-spektrometr tezlatgichi uslubi yordamida 23 ta radiouglerod sanalari aniqlandi. Shuningdek, litologiya – ajralib chiquvchi tarkib va mikrofauna – karbonat kalsiydan tashkil topgan chig‘anoqlar – mayda va mikroskopik suv organizmlari, ostrakod va foraminiferlar ham tadqiq etilgan.

Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, dengiz bundan 17,6 ming yil avval paydo bo‘lgan. Lekin Orolning paydo bo‘lishi bundan ancha avval, taxminan 18-23 ming yil oldin sodir bo‘lgan.

Bundan 15,3-14 ming yil avval daryo suvlarining kamayib ketishi hisobiga dengiz suvining tuzlanuvchanlik darajasi yuqorilagan. Tuzlanuvchanlikning eng yuqori bosqichi 14,5-14 ming yillar oldin ro‘y bergan. Bu – Cyprideis torosa – har qanday sho‘r suvga bardosh bera oladigan ostrakod chig‘anoqlari sonining haddan ziyon ko‘payishida namoyon bo‘lgan. Qariyb 14-13 ming yillar oldin suvning sho‘rlanish darajasi ancha kamaygan.

Tadqiqotlar 2008-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining V.S.Sobolev nomidagi Geologiya va mineralogiya instituti va Arizona universiteti mutaxassislari tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Tadqiqotning oraliq natijalari 2014-yilda «Gondwana Research» nashrida, eng oxirgi ma’lumotlar esa «Quaternary Science Reviews» jurnalida e’lon qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech