12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8 °C

Salomatlik
26 Avgust  2019 1017

Smartfonlar zararini qanday kamaytirish mumkin?

Mutaxassislarning fikricha, muayyan tavsiyalarni bajarish orqali sog‘liqda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolardan qochish mumkin ekan.

Malayziya universiteti veb-saytida gadjetlardan foydalanishning oddiy, ammo samarali qoidalari keltirilgan maqola e'lon qilindi.

Maqola muallifi Erna Fariza Mohd Putning aytishicha, smartfondan noto‘g‘ri foydalanish birinchi navbatda, tayanch-harakat tizimi, xususan, bo‘g‘inlar, mushaklar va paylarga salbiy ta'sir qiladi.

Mutaxassislar qo‘lga mos keladigan apparatni tanlashni tavsiya qiladilar. Ekranning har qanday qismiga bosh barmoq yetib bora oladimi-yo‘qmi tekshirib ko‘rish muhim hisoblanadi.

Bundan tashqari, bilakka tushadigan yuklamani kamaytirish uchun bosh va ko‘rsatkich barmoqlarni navbati bilan ishlatish ham foydali. Yana yelka va bo‘yin bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun to‘g‘ri tik turish hamda bo‘ynini egmaslikka harakat qilish lozim.

Har yarim soatda barmoqlar, bo‘yin va bilaklarni oddiy chigalyozdi qilish ham tayanch-harakat tizimi bilan bog‘liq muammolar xavfini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech