15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21 °C

Moliya
23 Yanvar  2019 2407

Pensiya to‘lovi qanday o‘zgardi?

Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrdagi «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bo‘yicha 2019-yilning 1-yanvaridan pensiya tayinlashda qo‘llaniladigan maksimal oylik ish haqi EKIH (eng kam oylik ish haqi)ning 8 dan 10 baravarigacha oshirildi.

Shu paytga qadar yuqori maosh olgan fuqarolarga pensiya hisob-kitobi daromadidan eng kam oylik ish haqi miqdorining 8 baravarigacha hisoblanib tuzilardi va bundan ziyod ish haqi hisobga olinmasdi.

Masalan, 35 yil mehnat stajiga ega fuqaroning o‘rtacha oylik ish haqi 2 200  ming so‘mni tashkil etadi. Amaldagi sharoitlarda pensiya hisob-kitobi 1 621 ming so‘mdan (EKIHning 8 baravari) amalga oshirilardi va qolgan 579 ming so‘m hisobga olinmasdi. Xullas, bunda pensiya miqdori 1 054 ming so‘mni tashkil etardi (yani, o‘rtacha oylik ish haqining bazaviy 55 foiz miqdori yoki 892 012 so‘m va talab qilingan 25 yillik mehnat stajining ortiqcha har bir yiliga 10 foizdan).

Yangi tartibga ko‘ra, pensiya tayinlashda o‘rtacha oylik ish haqi 2 027 ming so‘m (EKIHning 10 baravari)dan hisoblanadi. Bunda pensiya miqdori 1 317 ming so‘mni tashkil etadi yoki bu 263 ming so‘mga oshirilgan, degani.

Aytish joizki, farmon nafaqat 2019-yilning 1-yanvaridan pensiya tayinlanadiganlarga, balki ayni damda pensiya olayotgan va qayta hisoblangan oylik ish haqi yil boshiga eng kam oylik ish haqining sakkiz baravaridan oshadigan fuqarolarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech