23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

Xavfsizlik
12 Iyul  2019 575

Kafolat xati uchun 50 000 AQSh dollari

8-iyul kuni Navoiy shahrida yashovchi 40 yoshli J.N. respublikamiz huquqni muhofaza qiluvchi organiga murojaat qilib, undan hokimning kafolat xati uchun pora talab qilayotganligini bildirgan.

IIV matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, J.N.dan Navbahor tumanida yashovchi 50 yoshli A.X. va Qiziltepa tumanida yashovchi 55 yoshli R.Ya.lar unga “2019-yil Obod qishloq” Davlat dasturiga asosan Konimex tumani Ko‘kcha massivida qurilishi rejalashtirilgan 4 ta qurilish ob'ektlari uchun Konimex tuman xokimi nomidan kafolat xati olib berish evaziga undan 50 000 AQSh dollari talab qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida A.X. va R.Ya.lar Navoiy shahrida joylashgan “Tojmahal” kafesida J.N.dan 50 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtlarida ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech