14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,2 °C

Ijtimoiy hayot
24 Dekabr  2018 2004

Salkam 2 milliard so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari qo‘lga olindi

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda 79 ta bojxona qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Ularda qiymati salkam 2 mlrd. so‘mlik 19,4 kg. og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining havo yo‘llari orqali noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Jumladan, fuqaro A.Z. ro‘moli ostidan sochiga taqilgan rezinka ichiga ustalik bilan 200 gr. og‘irlikdagi tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirgan holda O‘zbekistondan Istanbulga ketayotgan vaqda qo‘lga tushdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra u olib ketayotgan zargarlik buyumlari salkam 50 mln. so‘mga tengdir.

Bundan tashqari, “Boku-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan chet el fuqarolaridan biri V.G.ga tegishli yuklarda salkam 152 gr. og‘irlikdagi olmoslar bilan bezatilgan tilla taqinchoqlar yashirilganligi fosh bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 30 mln. so‘mdan oshar ekan.

Ayni shu reys bilan uchib kelgan yana bir chet el fuqarosi A.A. ham yashil yo‘lak orqali qiymati 16.4 mln. so‘mlik 82 gr. og‘irlikdagi qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan tilla buyumlarini olib kirishga uringani fosh qilindi.

Hindistondan uchib kelgan poytaxtlik fuqaro U.G. esa belgilangan normalardan ortiqcha bo‘lgan 181 gr. og‘irlikdagi kumushdan ishlangan taqinchoqlarni olib kirayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

L.Burieva

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech