22 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,3 °C

Ijtimoiy hayot
6 Yanvar  2019 1156

Yunusobod tumanida tajriba o‘tkaziladi

Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorda belgilanishicha 2019-yilda Yunusobod tumanidagi ko‘p kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi, bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqdi

Ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalari tuman hokimligi tomonidan tanlov asosida tanlab olinadi.

Boshqaruv kompaniyasi faoliyatini hisobdorlik va oshkoralik asosida olib boradi hamda mulkdorlarga har chorakda hisobot beradi, shuningdek, umumiy mulkni saqlash uchun to‘lanmagan majburiy badallarni undirish huquqiga ega.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishning Yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasi doirasida xorijiy tajriba asosida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi, shuningdek, kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturi ishlab chiqiladi.

Qaror bilan Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.

2020-yil 1-yanvargacha tajribani Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham qo‘llash choralari ko‘riladi.

Boshqaruv kompaniyalarining uy-joy fondini saqlashdan olgan daromadlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan va foyda solig‘idan, shuningdek, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya vositalari, materiallar va uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech