25 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,4 °C

Kеyingi avlod
28 Fevral  2020 2299

O‘quvchining tashqi ko‘rinishi muhimmi yoki ta’lim sifati?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi joylashtirildi.

Hujjatdagi bir qator muhim jihatlar keng jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgani uchun «Yuksalish» Umummilliy harakati mazkur masala yuzasidan o‘z munosabatini bildiradi.

Birinchidan, ta’lim sifatiga, eng avvalo, pedagog kadrlarning va xizmat ko‘rsatuvchi personalning malakasi, o‘quv dasturining samaradorligi, zarur resurslar va kerakli moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganligi kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu jarayonlarga o‘quvchining tashqi ko‘rinishi qanday ta’sir o‘tkazishi mumkin? Loyiha tashabbuskorlarida maktab o‘quvchisining «imijiga» qo‘yilayotgan talablarni tasdiqlovchi o‘tkazilgan tadqiqot natijalari yoki boshqa faktlar mavjudmi?

Ikkinchidan, nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilarining tashqi ko‘rinishiga qat’iy talablar qo‘yilishi bolalarning tanlash va o‘zini ifoda etish erkinligini cheklashga olib keladi. Ular o‘zlari istaganicha kiyinish huquqiga egadirlar, albatta, umumiy qabul qilingan axloqiy me’yorlar doirasida. Bolalarni tanlash imkoniyatidan va o‘zini ifoda etish imkoniyatidan mahrum etish orqali ularning ruhiyatiga zarar etkazib qo‘yish va umuman ta’lim tizimiga nisbatan nafrat uyg‘otish mumkin. O‘quvchining tashqi ko‘rinishini huquqiy jihatdan tartibga solish qanchalik to‘g‘ri?

Umid qilamizki, hujjat tashabbuskorlari qonunchilikka kiritilishi taklif etilayotgan ushbu o‘zgarishlar yuzasidan asoslantirilgan sabablar taqdim eta oladilar, deya fikr bildiradi «Yuksalish» Umummilliy harakati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech