07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Transport
16 Mart  2020 425

Yuk tashishga cheklov yo‘q!

Chegaralardan yuk tashib o‘tuvchi trasnsport vositalariga nisbatan cheklovlar qo‘llanilmaydi.

Joriy yil 16-martdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida shaxslar va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari avtobus, yengil avtomobil, temir yo‘l va havo transportlari harakati to‘xtatildi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, ushbu cheklov, avtomobil, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘lanilmaydi.

Chegara o‘tkazish hududlarida mazkur tashuvlarni amalga oshirayotgan shaxslar va ularning transport vositalari tegishli tartibda tekshiruvlardan o‘tkazilib, respublikamiz orqali harakatlanishiga ruxsat beriladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech