19 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,2 °C

Tashvishli xabar
4 Yanvar  2019 934

YTH oqibatida bir norasida go‘dak vafot etdi

Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi bir norasida go‘dakning o‘limiga sabab bo‘ldi. 2-yanvar kuni Samarqand tumanida yashovchi 14 yoshli D.X. bobosining nomidagi "Lasetti" rusumli avtomashinani Zarafshon shox ko‘chasida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Oqibatda, qarshisidan harakatlanib kelayotgan "Matiz" rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada "Matiz" avtomashinasi haydovchisining 3 yoshli o‘g‘li jarohat olib voqyea joyida vafot etgan, haydovchi, uning turmush o‘rtog‘i va 1 yoshli qizi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech