21 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,1 °C

Mamlakatimizda
24 Aprel  2019 616

J.Ortiqxo‘jaev Hindistonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Toshkent shahar hokimligida Hindistonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

O‘zaro muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish va rivojlantirish masalalari haqida so‘z yuritildi. Xususan, Hindiston elchisi ikki tomonlama munosabatlarni yanada taraqqiy ettirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi mutasaddilarini o‘z vataniga taklif etdi.
Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikda investitsion loyihalarni amalga oshirish, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, zargarlik sanoati, sayyohlik infratuzilmasi yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni ishga tushirish muhimligiga e'tibor qaratildi.

Toshkent va Hindiston munosabatlari haqida so‘z yuritganda poytaxtimizda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida qo‘shma tadbirkorlikni rivojlantirish markazi faoliyat yuritayotganligini ta'kidlash o‘rinli.  Shuningdek, yaqin orada hindistonlik hamkorlar bilan ilg‘or axborot texnologiyalari texnoparki tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech