14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,4 °C

Ijtimoiy hayot
23 Yanvar  2019 2611

Joriy yilning 26-yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkaziladi

Orolbo‘yidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslar va sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joylardagi jamoatchilik vakillarining takliflarini hisobga olib mintaqada ekologik holatni va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga asosan, 2019-yil 26-yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi.

Mazkur xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar Orol dengizining suvi qurigan maydonlarida himoya o‘rmonlarini barpo etish, mintaqada ekologik holatni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech