05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Moliya
20 Dekabr  2019 891

Joriy yilning 11 oyida XTV qancha mablag‘ ishlatdi

2019-yilda xalq ta'limi tizimiga davlat byudjetidan jami 18,1 trln. so‘m (2018-yilga nisbatan 53,3%ga ko‘p, 11,8 trln. so‘m) ajratilgan bo‘lib, jami davlat byudjeti xarajatlarining 15,2 foizini (2018-yilda 17,1 foiz) tashkil etadi, deb xabar qiladi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 13,6 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 42,6 foizga ko‘p), yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 3,4 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 48,0 foizga ko‘p), boshqa (IV guruh) xarajatlarga 1,1 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 16,0 foizga ko‘p) ajratilgan.

Shuningdek, joriy yilda xalq ta'limi tizimiga 11 oy mobaynida jami 17,2 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 16,8 trln. so‘mni (97,7 foiz) tashkil etgan.

Ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 13,0 trln. so‘m ajratilgan, ijrosi 12,5 trln. so‘m, ya'ni 96,2 foizga bajarilgan.

Yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 3,2 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 3,0 trln. so‘m, 93,8 foizga bajarilgan.

Boshqa (IV guruh) xarajatlarga 1,1 trln. so‘m ajratilgan bo‘lib, ijrosi 1,0 trln. so‘mga yoki 93,1 foizga bajarilgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech