12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Mamlakatimizda
6 Noyabr  2019 301

Joriy yilda xalq ta'limi tizimiga qancha mablag‘ ajratilgan? Vazirlik ma'lumot berdi

2019-yilda Xalq ta'limi tizimiga davlat byudjetidan jami 16,4 trln. so‘m (2018-yilga nisbatan 38,3%ga ko‘p, 11,8 trln. so‘m) ajratilgan bo‘lib, jami davlat byudjeti xarajatlarining 15,2 foizini (2018 yilda 17,1 foiz) tashkil etadi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 12,2 trln. so‘m, yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 3,03 trln. so‘m hamda boshqa (IV guruh) xarajatlarga 1,2 trln. so‘m ajratilgan.

Shuningdek, joriy yilning 9 oyi mobaynida jami 13,4 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 13,2 trln. so‘mni tashkil etgan.

Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 9,9 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 9,8 trln. so‘mga, ya'ni 99,1 foizga bajarilgan.

Yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 2,5 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 2,4 trln. so‘mga yoki 95,7 foizga bajarilgan.

Boshqa (IV guruh) xarajatlarga 926,8 mlrd. so‘m ajratilib, ijrosi 914,8 mlrd. so‘mga yoki 98,7 foizga bajarilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech