25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Ijtimoiy hayot
18 Mart  2019 652

Jizzaxlik polvon Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro uloq-ko‘pkarida Chevrolet Lacettini qo‘lga kiritdi

Samarqand qiloyatining Jomboy tumanida qo‘shni respublika chavandozlari ishtirokida xalqaro ko‘pkari musobaqasi o‘tkazilishi va bosh sovringa Chevrolet Lacetti avtomobili qo‘yilgani haqida xabar bergandik.

 

Kecha, 17-mart kuni Samarqand viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamkorligida ana shu xalqaro uloq-ko‘pkari musobaqasi o‘tkazilgani haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda yurtimizning turli hududlaridan, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston davlatlaridan chavandozlar, ot sporti federatsiyalari mas'ullari ishtirok etdi.

Musobaqada eng epchil, chaqqon chavandoz va polvonlar 60 dan ortiq tuya, toy, 50 ga yaqin televizor, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, yana ko‘plab gilam va pul mukofotlarini qo‘lga kiritdi. 

Viloyat hokimligi tomonidan qo‘yilgan bosh sovrin – Chevrolet Lacetti avtomobili jizzaxlik polvon Orif Shodiyorovga nasib etdi. U payariqlik Elyor Boymatovning “Panterra” laqabli qorabayir otida ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston chavandozlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazilib, unda 3:2 hisobida yurtimiz polvonlari g‘olib bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech