22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Salomatlik
4 Oktyabr  2019 883

Jizzaxda tibbiyot klasteri tashkil etiladi

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (02.10.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, ushbu hududda aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish, tibbiy kadrlarni tayyorlashni nazarda tutuvchi zamonaviy tibbiyot klasteri tashkil qilish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirishga mas'ul bo‘lgan “Medical care cluster” MChJ tashkil etiladi.

2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga “Medical care cluster” MChJ va loyihani amalga oshirish doirasida MChJ tomonidan jalb qilingan pudrat tashkilotlari:

- yuridik shaxslar daromad solig‘i va QQSni;

- respublikada ishlab chiqarilmaydigan, tibbiyot klasterini qurish, jihozlash uchun mo‘ljallangan materiallarni belgilangan ro‘yxat bo‘yicha olib kirishda bojxona to‘lovlarini (bojxona yig‘imlaridan tashqari)  to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, loyiha ishtirokchilari klaster faoliyatini tashkil qilish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan ozod etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech