15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,1 °C

Sanoat
21 Oktyabr  2019 424

Jizzaxda shprits ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushdi

Jizzax shahridagi “Shifobaxsh suv chashmasi” mas'uliyati cheklangan jamiyatida tibbiyot sohasida ehtiyoj yuqori bo‘lgan bir martalik shpritslar ishab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Janubiy Koreyaning tibbiyot sohasidagi eng so‘nggi innovatsion texnologiyalari bilan jihozlangan korxonada yiliga 2 milliard 300 million dona bira martalik shpritslar ishlab chiqariladi. Korxonani bosqichma-bosqich rivojlantirib borish dasturiga asosan kelasi yildan boshlab tomchi ukollar uchun sistemalar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Mahsulotlarning asosiy qismi xorijga eksport qilinadi.

Korxona ishga tushgach 170 nafar yigit-qiz yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech