08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4 °C

Kеyingi avlod
22 Noyabr  2019 451

Jizzaxda OTMga qabul amalga oshirilmayapti

So‘nggi kunlarda yurtdoshlarimizdan Jizzax shahrida Rossiya Federatsiya bilan hamkorlikda yangi oliy ta'lim muassasasi tashkil etilgani va unga abiturientlardan hujjat qabul qilinayotgani haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushib, shu  to‘g‘risida ma'lumot so‘ralmoqda.

Jizzax viloyatida uchta oliy ta'lim muassasasi: Jizzax davlat pedagogika va Jizzax politexnika institutlari hamda O‘zMUning Jizzax filiali faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur oliy ta'lim muassasalarida yurtimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlaridagi kabi qabul jarayoni yakunlangan, deya xabar qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 116 ta (95 ta mahalliy, 21 ta xorijiy) oliy ta'lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardan birortasida ham qabul jarayoni olib borilmayapti.

Fursatdan foydalanib, hamyurtlarimizga mamlakatimizda tashkil qilinayotgan yangi oliygohlar, sohaga oid eng so‘nggi va tasdiqlangan ma'lumotlar bilan vazirlikning rasmiy telegram kanali  - @eduuz orqali tanishib borishni tavsiya qilamiz, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech