13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Turizm
2 Noyabr  2019 382

Jizzaxda avtomobillarga yoqilg‘i va gaz quyish shahobchalari xatlovdan o‘tkazilmoqda

Vazirlar Mahkamasining Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori hamda Jizzax viloyati hokimining tegishli qarorlari ijrosi doirasida viloyatdagi avtomobillarga yoqilg‘i va gaz quyish shahobchalaridagi holat bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda, deb xabar qiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

 

Ishchi guruhlari tomonidan viloyatdagi barcha AGTKS, AGQS, AYoQSlarda qaror talablari asosida belgilangan vazifalar yuzasidan hatlovdan o‘tkazildi.

Mavjud AGTKS, AGQS, AYoQSlarda Wi-Fi zonasi, savdo majmuasi, ovqatlanish shahobchalari, maishiy hizmat ko‘rsatish ob'ekti, sanitar-gigienik shaxobchalarining mavjud yoki mavjud emasligi mahalliy va xorijiy sayyohlarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida nazorat qilinmoqda.

Viloyatda turizm salohiyatini oshirish maqsadida yo‘lbo‘yi infratuzilmalarini rivojlantirish uchun aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi nafaqat viloyat, balki respublikamiz miqyosida turizm sohasiga e'tiborning yuqoriligidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech