22 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Xavfsizlik
17 Yanvar  2020 2064

Jizzax viloyatidagi gaz quyish shahobchasidagi portlash tavsilotlari

Avval xabar berganimizdek, 2020-yil 16-yanvar kuni taxminan soat 11-30 larda, Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangi hayot mahallasida joylashgan «Gaz Manbai» MChJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shahobchasida portlash yuz bergandi.

Ichida 2,5 tonna suyultirilgan gaz saqlanayotgan sisterna yonida, ushbu korxonada operator bo‘lib ishlagan 40 yoshli Sh.A. temirlarni kesish moslamasi (bolgarka)ni ishlatayotgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lishi oqibatida sisterna portlagan.

Natijada 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan. MChJ direktori 44 yoshli E.I. esa turli jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandiga (Mehnatni muxofaza qilish qoidalarini buzish) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech