21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,2 °C

Ijtimoiy hayot
24 Iyul  2019 493

Jizzax viloyatida 514 ta bolani tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari bo‘lmagan

Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra 2018-yilning 1-iyulidan joriy yilning 1-iyuliga qadar FHDYo tizimida «Bironta ham bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emas» degan ezgu g‘oya asosida qayd etilmagan tug‘ilganlik, o‘lim holatlarini aniqlash, sha'riy nikohda yashab yurgan oilalarning nikohini qonuniylashtirish borasida aksiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu aksiyada FXDYo bo‘limi xodimlari chekka-chekka qishloq, mahallalarga borgan xolatda fuqarolar bilan uchrashuvlar, targ‘ibot ishlari, sayyor qabullar tashkil etib, arizalar oldilar.

Oilaviy sharoiti tangligi bois moddiy yordamga ehtiyoji bor, boquvchisi yo‘q, ijtimoiy ximoyaga muhtoj xonadonlarga FXDYo bo‘limi xodimlari to‘lov masalasida o‘zlari yordam ko‘rsatishdi.

Eng achinarli tomoni, targ‘ibot tadbirlarida 15-16 yoshdagi maktab o‘quvchilarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari qayt etilmagan holatlar aniqlangan.

Raqamlarga e'tibor beradigan bo‘lsak, aksiya doirasida FXDYo xodimlari tomonidan viloyat bo‘yicha jami 1206 ta holat aniqlandi. Shundan 836 tasi ijobiy hal etilib, qonuniylashtirildi. Buni qarangki, 514 tasi tug‘ilish bo‘lsa 297 tasi nikoh, 25 tasi ajrim bilan bog‘liq.

Aytish joizki, mazkur aksiyalarning o‘tkazilishi aholining tug‘ilganlik, o‘lim holatlarini aniqlash, nikohni qonuniylashtirish borasidagi muammolarini bartaraf etilishiga asos bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech