20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,6 °C

Kеyingi avlod
3 Iyun  2019 472

Jizzax viloyati jamoasi ikkala musobaqada ham g‘olib bo‘ldi

Jizzax shahrida tashkil etilgan “Yosh yong‘in o‘chiruvchi” va “O‘zbekiston Respublikasi IX-chempionati” musobaqalarining g‘oliblari aniqlandi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh yong‘in o‘chiruvchi” musobaqasi bo‘yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o‘ringa, Andijon viloyati terma jamoasi 2-o‘ringa hamda Sirdaryo viloyati terma jamoasi 3-o‘ringa sazovar bo‘ldi.

Umumta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi chempionati” bo‘yicha ham Jizzax viloyati terma jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarni Navoiy va Andijon viloyati terma jamoalari egalladi.

Hududlardan tashrif buyurgan qizlar terma jamoalari o‘rtasida ham “Yosh yong‘in o‘chiruvchi” musobaqasi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech