23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

Kеyingi avlod
12 Iyul  2019 452

Jizzax viloyati hokimi stipendiyasi ta'sis etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax viloyat filialini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Jizzax viloyatida oliy ta'lim muassasalari soni yana bittaga ortdi.

Respublikamiz bo‘yicha birinchi bo‘lib Jizzax viloyatida universitet filiali tashkil etildi. Viloyatda tashkil etilgan filialning asosiy vazifalariga psixologiya, matematika, informatika va boshqa ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta'minlashdir.

Filial binosi etib Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kolleji tanlab olindi. Bugungi kunda bu yerda mazkur oliy o‘quv yurtiga abiturientlarning hujjat topshirish jarayoni jadal suratlarda davom etmoqda.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, viloyatdagi universitet filialiga hujjat topshirib talabalik sharafiga musharraf bo‘lganlarga imtiyozlar ham joriy etilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma'lum qiladi.

Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida o‘qiydigan talabalarga yaratiladigan imtiyozlarni quyidagilardan iborat:

-Filialda to‘liq “5” bahoga o‘qiydigan talabalar uchun 1 mln. so‘mdan viloyat hokimining stipendiyasi beriladi;

-Bir yilda bir marotaba barcha talabalar uchun o‘g‘il, qizlarga qishgi va yozgi kiyimlar bir marotaba bepul beriladi;

-“5” bahoga kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar uchun kontrakt mablag‘ini homiylar tomonidan to‘lab beriladi;

- Yotoqxonada yashaydigan talabalar uchun nonushta, tushlik va kechki ovqat 4 yil mobaynida homiylar tomonidan yetkazib beriladi;

- Filialga qabul qilingan talabalar hamda darslarni yuqori saviyada o‘tkazib, yaxshi natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar bir yilda bir marotaba Yaponiya, Rossiya va Janubiy Koreyada bir oylik o‘z malakalarini oshirib keladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech