18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Sport
5 Aprel  2019 1191

Jip-trial bo‘yicha Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqasi o‘tkaziladi

14-aprel kuni avtopoyga ishqibozlari uchun muhim tadbir jip-trial bo‘yicha Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqasi o‘tkaziladi.

 

Musobaqada g‘ildirak formulasi 4x4 bo‘lgan istalgan avto bilan qatnashish mumkin.
Notekis yo‘llarda o‘zini mahoratli deb biluvchi poygachilar o‘z imkoniyatlarini “standart” hamda “ekstrim” yo‘nalishlarida sinab ko‘rishlari mumkin.

Jip-trial bo‘yicha Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqasi Bektemir tumanidagi maxsus maydonda o‘tkaziladi.
Tadbirda ishtirok etishni xohlaganlar 10-aprelga qadar http://4x4energy.uz. saytiga kirib, buyurtma berishlari mumkin.
14-aprel kuni esa soat 10:00dan ro‘yxatga olish ishlari olib boriladi, soat 12:00da esa musobaqaga start beriladi.

Jip-trial bo‘yicha Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqasi O‘zbekistondagi ekstrimal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Turizmni rivojlantirish departamenti hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech