25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,8 °C

Mamlakatimizda
3 May  2019 742

Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–534, 02.05.2019 y.), deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi.

Mazkur harakatlar og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech