03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,4 °C

Mamlakatimizda
15 Iyul  2019 1788

Jarimalar faqat eng kam ish haqi bo‘yicha hisoblanadi

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yil 1-avgustdan ma'muriy jarimalar miqdori oshishi haqida ma'lumotlar tarqatilmoqda. 

Ma'lumki, qonunchilikka muvofiq jarima huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Prezident Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-avgustdan eng kam ish haqining 10 foizga oshishi belgilandi. Shunga ko‘ra, turli ma'muriy jarimalarning miqdorlari ham 2019 yil 1 avgustdan 10 foizga oshadi.

Bunda, jarimalar huquqbuzarliklar sodir etilgan vaqtdagi eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha to‘lanadi. Masalan, 28-iyul kuni haydovchiga transport vositasida harakatlanishda telefondan foydalanganligi uchun ma'muriy bayonnoma tuzildi. 1-avgustdan jarimalar miqdori o‘zgarishiga qaramasdan, mazkur haydovchi 60 kun ichida 28-iyulda amalda bo‘lib turgan jarimani (608 190 so‘mni) to‘lashi lozim bo‘ladi. “Huquqiy axborot” kanali.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech